Telegram Group & Telegram Channel
Asabiy yoshlar

Bir mavzuni 5 martalab qayta tushuntirgan o’quvchilarimdan biror o’rtog’i yordam so’raganida, ikkinchi martani o’zida asabiylashayotganini ko’raman.

O’z fikrini yetkazib bera olmagani uchun asabiylashadigan, haqiqatni eshitganida aybni tan olmasdan talashayotgan o’quvchilar ko’payganini ko’raman. Oddiy voqeliklar ammo ular tomonidan javoblar radikal.

Bir sinfimda shu toifadagi o’quvchilarim soni ko’proqligi uchun ulardan boshida jahlim chiqdi. Sabrim to’lgandek bo’ldi. O’zlaridek javob qaytarishga imkoniyatim va argumentlarim yetarlicha edi.

Suhbatlashsam boshqa ustozlarda ham shunaqa o’quvchilar ko’p ekan. O’zi yosh ammo asabi torlar. Keyin shu haqida biroz izlandim. Sababini bilgach ularni vaziyatlaridan jahlim chiqish o’rniga ularga achinishni boshladim.

Tarbiyasizlik, sabrsizlik, hurmatsizlik yoki mensimaslik deb shakllangan taassurotlarim o’rnini ularga kasalligini o’zi bilmayotgan bemorlardek qarash xissiyotlarim shakllandi.

Chunki vaziyatning asosiy faktorlarida to’liq ularni ishtirokini ko’rmadim. Bular:

1. Ta’lim va o’quv yuklamasi;
2. Oilaviy muammolar;
3. Ijtimoiy bosim;
4. Jismoniy faoliyat yetishmasligi va notekis dam olish;
5. Atrof-muhitdagi o’zgarishlar;
6. O’quvchi va o’qituvchi munosabatlari to’g’ri yo’lga qo’yilmagani;
7. Muvaffaqiyatsizlik qo’rquvi.

Men “Holat o’zgarmaydi, munosabat o’zgaradi” fikrga amal qilishni boshladim.

Boshida imkon beraman, xato qilsa sabr qilaman, erkalik qilsa ko’taraman va ko’proq gaplashaman. Hullas eng yaqin insonidek ularni boricha qabul qilaman.

Eng yaqinlaridan farqim meni maqsadim ularga butun umr rozi bo’lishga qaratilmagan. Faqatgina to’liq ishonchiga kirib olguncha bu process davom etadi.

Munosabatlar mustahkamlashganidan keyin sekinlik bilan xatolarini aytishni boshlayman. Ularga yechimlar beraman. O’zgarishlarni shoshiltirmagan holda kutaman. Shunda ham natija kafolatlanmagan. Lekin 8/10 holatda ishlaydi inshaAlloh.

Biz sabablarga javobgarmiz natijani o’ziga qoldiramiz. Cho’ntakka qoladigani esa ijtimoiy munosabatlarda uncha-muncha asabbuzarliklarga sabr qilish immunitedi.

@javokhir_toshpulatov

tg-me.com/javokhir_toshpulatov/557
Create:
Last Update:

BY Javokhir Toshpulatov | Blog

Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283

Share with your friend now:
tg-me.com/javokhir_toshpulatov/557

View MORE
Open in Telegram

Javokhir Toshpulatov | Blog Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Telegram is riding high, adding tens of million of users this year. Now the bill is coming due.Telegram is one of the few significant social-media challengers to Facebook Inc., FB -1.90% on a trajectory toward one billion users active each month by the end of 2022, up from roughly 550 million today.

Javokhir Toshpulatov | Blog from sg

Telegram Javokhir Toshpulatov | Blog
FROM USA